“Abdulla Qahhor. Oʻn uchinchi qaldirgʻoch” filmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olinmoqda. Mazkur kinokartina “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri. Ssenariy mualliflari Shoyim Boʻtayev, Iqbol Qoʻshayeva, rejissyor Ilhom Haydarov.

Hujjatli filmning tasvirga olish jarayonlari Abdulla Qahhor uy-muzeyi, Adiblar xiyoboni, Toshkent moliya institutida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.