YPX xodimining ratsiyasini tortib olib ketgan Damas haydovchisi 5 sutkaga qamaldi

    U qilgan ishidan pushaymonligini aytib, xodimlardan kechirim soʻradi.

    Fuqaro M.Sh. jamoat joyida haqoratli soʻzlar bilan soʻkinib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan edi.

    Shuningdek, u ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmagan hamda IIO xodimiga tegishli maxsus vositani olib, ketib qolgan.

    Damasda qatnayman. Xodim keldi, hujjatlarimni koʻrsatdim. Inspektor notoʻgʻri parkovka qilinganini aytdi. Jarima qimmatligidan jahlim chiqib soʻkindim va ratsiyasini olib ketdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa takrorlanmaydi. Xodimlar va fuqarolardan harakatlarim uchun kechirim soʻrayman, — deydi haydovchi.

    Holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar asosida Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudida koʻrib chiqilib, unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.