10 ming dollar miqdoridagi grantni oʻz vaqtini quyidagi mavzularda tadqiqot olib borishga bagʻishlagan 12 nafar yosh olim olishi mumkin:

  • Ipak yoʻlining umumiy merosi va koʻp uchraydigan oʻxshashligi;
  • Ipak yoʻlining madaniy xilma-xilligi;
  • Ipak yoʻl merosi zamonaviy ijod, madaniyatlararo muzokara, ijtimoiy birdamlik, hududiy va xalqaro hamkorlik uchun asos sifatida.

Grant olish uchun arizalarni 35 yoshgacha boʻlgan aspirantura oʻquvchilari berishi mumkin. Tadqiqotda olimlar yakka holda ham, guruhlar shaklida ham ishtirok etish mumkin. Arizalar 18-aprelga qadar qabul qilinadi, deb xabar beradi BMT matbuot xizmati.

Batafsil maʼlumotni YUNESKOning saytidan olish mumkin.