Munir Mamedzade so‘nggi uch yilda YUNICEFning Qirg‘izistondagi vakili o‘rinbosari sifatida ishlagan. U faoliyati davomida YUNICEF dasturlarini boshqarish, mazkur tashkilotda hamda BMT tizimidagi tarmoqlararo hamkorlikni muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul, dasturlarni boshqarish guruhining raisi vazifasini bajargan. U YUNICEFning Ozarbayjon, Moldova, Nepaldagi vakolatxonalarida, shuningdek, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasida ham ishlagan.
YUNICEFdagi mehnat faoliyatidan avval Munir Mamedzade yoshlar masalalari bo‘yicha yirik nodavlat tashkilot ijrochi direktori, Ozarbayjonda Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman idorasining Xalqaro bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. U inson huquqlari, xususan, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik tajribaga ega.
U Moskvada iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. U Shveysariyaning Friburg universitetining bolalar huquqlari sohasida ilg‘or dastur bo‘yicha magistr darajasiga ega.
Munir Mamedzade Ozarbayjon fuqarosi, ingliz, rus va turk tillarini biladi.
U 2016-yilning oktyabr oyida YUNISEFning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari etib tayinlangan Sasha Graumann o‘rnini egalladi.
YUNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi
Munir Mamedzade YUNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida ish boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O'zbekiston o't ochishni darhol to'xtatishga chaqirdi
- Isroil kompaniyasi a'zolari Gretsiyada josuslik uchun 126 yilga ozodlikdan mahrum etildi
- Britaniya Mudofaa vazirligi Epshteynning harbiy bazalar bilan aloqasini tekshirmoqda
- Isroildagi o'zbekistonliklar ogohlantirildi
- 1 martdan nimalar o`zgaradi?
- Toshkentda 10-sinf o'quvchisi urib yuborgan YPX inspektori vafot etdi
“Dizayn” jamoasi aʼzosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi
- Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
- Oʻzbekiston Prezidenti OIIB bilan strategik sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
- AQShga amaliy tashrif yakunlandi
- Navoiy viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida