UNICEF 500 ming dollardan ortiq qiymatdagi vaksinalar omborlari uchun uskunalarni taqdim etdi

    Salomatlik 16 Fevral 2022 1626

    UNICEF O‘zbekiston hukumatiga vaksinalar omborlari uchun 500 000 dollardan ortiq qiymatdagi uskunalarni taqdim etdi.

    Respublika vaksinalar omborida Moderna, Pfizer singari vaksinalarni saqlash imkoniyatini beradigan 118ta muzlatgich, shuningdek, 7 ming dona termosumkalar va tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalari tantanali ravishda topshirildi.

    Mazkur yordam evaziga mamlakat bo‘ylab 35 ta vaksina omborilari, jumladan 14 ta hududiy, 15 ta tuman va 6 ta shahar darajasidagi vaksina omboriga jihozlanadi, deb xabar beradi UNICEF matbuot xizmati.