Kecha yunon-rum kurashi boʻyicha final bellashuvlari oʻtkazildi va eʼtiborga molik jihati, hamyurtimiz vakili Shahzod Roʻzioxunov Osiyo chempionligini qoʻlga kiritdi. 45 kilogramm vazn toifasidagi yunon-rum kurashchimiz hal qiluvchi final uchrashuvida eronlik Farzad Balutakini soʻnggi ball evaziga magʻlub etib, oltin medalga ega chiqdi.
Shahzod finalga qadar koreyalik Xan Ujin (8-0), yaponiyalik Tayga Kishida (6-0), qozogʻistonlik Shingizxan Abdixalimovni taslim (3-2) eta oldi. Faqat uchinchi davrada finaldagi eronlik raqibiga yutqazib qoʻygandi. Oltin medal uchun kechgan bellashuvda oʻsha magʻlubiyat alamini chiroyli tarzda olishni uddaladi.
Shuningdek, 55 kilogramm vazn toifasidagi final bellashuvida yana bir hamyurtimiz oltin medal uchun gilamga chiqdi.
Afsuski, Xurshidbek Normuhammadov qozogʻistonlik raqibi Nariman Bekimovga 2-8 hisobida imkoniyatni boy berib, Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor boʻldi.