“Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻida boʻri fotoqopqonga tushib qoldi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tasarrufidagi Yuqori Toʻpalang milliy tabiat bogʻida oʻrnatilgan fotoqopqonga boʻri muhrlandi.

    Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

    Maʼlumot uchun, Yuqori Toʻpalang milliy tabiat bogʻi 2022-yil 4-martda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tashkil etilgan. Hududda 46 turga mansub hayvonot dunyosi mavjud boʻlib, shulardan 20 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Soʻnggi sanoq natijalariga koʻra, milliy tabiat bogʻida 21 bosh boʻri uchraydi.