Ammo qovurilgan tuxum sogʻlikka zarar yetkazishi mumkinligini bilavermaymiz. Aniqrogʻi, ushbu taomni isteʼmol qilish har kimga ham tavsiya etilmaydi. belnovosti.by saytining maʼlum qilishicha, diyetologlar qovurilgan tuxumning zarari haqida ogohlantirdi.
Xoʻsh, kimlar uchun qovurilgan tuxumni isteʼmol qilish zararli?
Ortiqcha vaznli odamlarga qovurilgan tuxumni isteʼmol qilmaslik yaxshiroq, chunki tuxum odatda kungaboqar yogʻida qovuriladi. Bu yogʻ esa semizlikka sabab boʻladi. Qovurilgan tuxum yurak yoki qon tomirlari bilan bogʻliq muammolar boʻlgan odamlar uchun ham xavfli — ortiqcha yogʻ va xolesterin qon tomirlari, qon aylanish tizimi va yurakka yomon taʼsir qiladi.
Shu bilan birga, mutaxassislarning fikriga koʻra, tuxumdan toʻliq voz kechishning ham hojati yoʻq — tuxum tarkibida D, B6, B12 vitaminlari, shuningdek minerallar mavjud. Ushbu mikroelementlar koʻrish qobiliyatini yaxshilaydi, tanani oziqlantiradi.