Bunday vaziyat yuzaga kelishiga Toshkent davlat yuridik universiteti (oldingi institut) yurisprudentsiya ta'lim yo'nalishiga qabul kvotasi uzoq yillar davomida bir xilda “ushlab turilgani” sababdir. Vaholanki, boshqa oliy ta'lim muassasalari, boshqa ta'lim yo'nalishlarida aholining o'sishi, abiturientlar soni oshishiga muvofiq kvotalar ham ko'paytirilgan. YUrisprudentsiya yo'nalishida esa buning aksi, qisqartirilgan. O'zbekiston Milliy universiteti, Namangan davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti kabi oliy ta'lim muassasalarida shu yo'nalishga qabul to'xtatilgan. Oqibatda yurisprudentsiya yo'nalishida bir o'ringa 20 nafardan abiturient hujjat topshirgan, iqtisodiyot tarmoqlarida yuristlarga ehtiyoj oshgan, shu bilan birga ularning xizmat ko'rsatish narxlari ham yuqorilagan. G'alati parodoks yuzaga kelgan: o'qishga talabgor bor, unga ish o'rni ham bor, biroq kvota yo'q. Bu holatdan kim manfaatdor bo'lganini tushunish qiyin. Xuddiki, “yurist bo'lish hammaga ham emas”, qabilida ish olib borilgan.
Bu muammoga Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 2017 yil Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham to'xtalib o'tgan edi: “Ayni paytda yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalariga yuridik mutaxassislik bo'yicha bir yilda 600 ga yaqin talaba qabul qilinadi. Bu jami oliy o'quv yurtlariga qabul qilinadigan talabalarning atigi bir foizini tashkil etadi. O'zingiz ayting, bu bilan davlatimiz va jamiyatimizning huquqshunos mutaxassislarga bo'lgan, tobora ortib borayotgan ehtiyojini qondirish mumkinmi? Albatta, yo'q”. CHindan-da, advokatura, sud-huquq sohasida malakali kadrlarga talab yuqori. Bu so'nggi paytda sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan chambarchas bog'liq. SHu bilan birga, mamlakatimizdagi xo'jalik yurituvchi sub'ektda yuristkonsul`t lavozimining aksariyat qismi bo'sh turibdi.
— Huquqshunos bo'lish istagida bo'lgan yoshlar ko'pchilikni tashkil etadi, — deydi Toshkent davlat yuridik universiteti dekani, yuridik fanlar nomzodi Durbek Mahkamov. — Kasb dunyo miqyosida ham nufuzli va serdaromad hisoblanadi. Bugun globallashuv davrida jamiyatda o'zining huquqiy baho va mezonlarini kutayotgan yangi munosabatlarning paydo bo'lishi, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat qabul qilgan qonun-qoidalar, tartiblarning o'zgarishi, qonun ijodkorligi sohasining taraqqiyoti yuridik kadrlarni tayyorlash ko'lamini kengaytirish zarurini yuzaga keltirmoqda. e'tibor bering, birgina yirik xo'jalik sub'ektlarida 5000 ga yaqin huquqshunosga ehtiyoj bor. SHuningdek, o'rta va kichik biznes sohalariga ham huquqshunos zarur. Hozirda yurtimizdagi 540 mingdan ortiq tadbirkorlik sub'ektlarining bor yo'g'i 10 foizida huquqshunos mutaxassislar faoliyat yuritadi. Agrar sektorda ham huquqshunosga ehtiyoj katta. Zero, yangi joriy etilgan klasterlar faoliyatini huquqiy jihatdan yo'lga qo'yishda mutaxassis bo'lishi o'ta muhimdir. SHu bois mazkur soha ham 400 dan ortiq huquqshunosni ish bilan ta'minlashga tayyor. erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yuritayotgan xo'jalik sub'ektlari, xorijiy investorlarga ham milliy normativ-huquqiy hujjatlardan boxabar, davlat tili bilan birga, chet tilini ham mukammal o'zlashtirgan huquqshunoslar kerak bo'ladi. Zero, tadbirkorning huquqini, har bir so'mini himoya qilish shu soha mutaxassisi zimmasiga tushishi lozim.
Advokatlik tizimi ham zamon talablarga javob beradigan huquqshunoslarga zarurat sezmoqda. Prezidentimiz O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida “Misol uchun, 33 milliondan ortiq O'zbekiston aholisiga faqatgina 4 mingta advokat xizmat ko'rsatayotganini ijobiy baholab bo'lmaydi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi advokatlarning 60 foizi 50 yoshdan oshgan shaxslardir. Ular orasida 30 yoshga to'lmagan yoshlar 70 nafarga ham etmasligini qanday izohlash mumkin?!” deb ta'kidlagani holatni yaqqol namoyon etmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 29 apreldagi “O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoniga ko'ra, Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakul`tetlar tashkil etish, yuridik kadrlarga bo'lgan ehtiyojni monitoring qilish va prognozlash elektron platformasini yaratish belgilandi. Bu kabi vazifalar ijrosi yuridik ta'limda raqobat muhitini yuzaga keltirishi, yurist kadrlarga bo'lgan real ehtiyojni to'g'ri aniqlab, huquqshunoslar etishmovchiligi muammosiga barham berishi, shubhasiz.
Zero, xalqaro huquqiy maydonda vatanimiz manfaatlarini himoya qiladigan malakali huquqshunoslar tayyorlash ham nihoyatda dolzarb. Bundan tashqari, ma'muriy boshqaruv tizimi, moliya va bank, sog'liqni saqlash, ta'lim, qurilish, axborot texnologiyalari, sport va boshqa sohalardagi huquqshunoslarga mavjud ehtiyoj Prezidentimiz farmonida belgilangan vazifalarning nechog'lik muhimligini bildiradi.
Ayni kunda yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirishning yangi tartibi ustida ish olib borilmoqda. Toshkent davlat yuridik universiteti, yuridik fakul`tetlar va yuridik texnikumlarga qabul parametrlarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlar, shu jumladan, tadbirkorlik sub'ektlarida joriy va istiqboldagi yuridik kadrlarga bo'lgan ehtiyojni hisobga olib, har bir hudud, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar kesimida tahlil qilish asosida shakllantirish ishlari olib borilmoqda.
— Dastlabki tahlillarga ko'ra, 2021-2024 yillarda adliya tizimida qariyb 700 nafar, sudlarga 860 mutaxassis zarur bo'ladi, — deydi Toshkent davlat yuridik universiteti dekani, yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Ikrom ergashev. — Prokuratura, sog'liqni saqlash, ichki ishlar, madaniyat, soliq, moliya va boshqa sohalarda jami 4102 nafar huquqshunosga ehtiyoj yuzaga kelishi prognoz qilinmoqda. elektron platformada barcha tarmoqlarni qamrab olishiga e'tibor qaratilyapti.
Bu kabi tadbirlar mehnat bozori talablarini son va sifat jihatdan to'la qondirish, bo'shliqlarni to'ldirish imkonini beradi. Raqobatni yuzaga keltiradi. YUrist degan diplomi bor, bitta stolni egalladi, bo'ldi, degan tushunchalardan voz kechiladi. Huquqshunoslarning xalqimizning huquqlari kafolati yo'lida yanada samaraliroq faoliyat yuritishini ta'minlaydi.
Sanobar JUMANOVA