Tadbirda 150 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar, jumladan, Oʻzbekiston vakillari ishtirok etdi.
Xalqaro konferensiyalar majmuasining “Nefertiti” zalida Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi oliy darajadagi tadbirni ochib berdi.
Ochilish yalpi majlisida qator jahon yetakchilari va nufuzli xalqaro arboblar, jumladan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, 2023-yildagi COP28 mezboni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid, Senegal Prezidenti, Afrika Ittifoqi Prezidenti Makki Sall, taniqli olimlar va jamoatchilik faollari soʻzga chiqdi.
Forumning birinchi kunida oltita davra suhbati oʻtkazildi.
Qayd etish joizki, 6-18-noyabr kunlari boʻlib oʻtadigan konferensiya ishida 100 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari, 197 mamlakatdan 60 mingga yaqin nufuzli shaxslar, olimlar, faollar qatnashadi.