Murojaat oʻrganilganda, fuqarolar Dogʻistonda issiqxonada 5 oydan buyon mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani va ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qoʻyilgani maʼlum boʻldi.

Vakolatxona xodimlari tomonidan ish beruvchi bilan bir necha bor telefon orqali muzokaralar olib borilgandan soʻng, yurtdoshlarimizning hujjatlari (pasport, patent, migratsion kartalari) va 39 ming rubl oylik maoshlari undirib berildi.