Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori Abdushukur Sodiqov maʼlum qildi.
Agentlik tomonidan o‘tgan 9 oy davomida barcha sport turlari bo‘yicha 280 ta doping-sinamalar olindi va 5 ta sportchi taqiqlangan modda isteʼmol qilganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda sportchilardan doping-sinamalarni olish O‘zbekiston milliy antidoping agentligiga ishonib topshirildi. Bunda 95 ta sportchilarda tekshiruv ishlari olib borildi.
Agentlik tomonidan sportchilardan doping sinamalar olish yangi bosqichga olib chiqildi. Shu kunga qadar faqat peshobdan sinamalar olingan bo‘lsa, endilikda qon orqali sinamalar olish yo‘lga qo‘yildi.