Hozirgina Toshkent Xalqaro aeroportida ushbu dori vositasi qadoqlarini qabul qilib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullari, Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Casirivimab/Imdevimab (Shveysariyaning “Roche” farmatsevtika kompaniyasidan) COVID-19 ga qarshi sunʼiy “antitanachalar kokteyl”i boʻlib, hozirda preparat virusning yangi shtammlariga chidamli yagona preparat hisoblanadi.
Tadqiqot natijalariga koʻra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan oʻlim darajasini 70 foizga kamaytirgani va kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirgani aytilmoqda.