Istanbul – Toshkent reysi bilan mamlakatimizga keltirgan “Sinovak” vaksinasining 200 ming dozasi shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparati yurtimiz vakillari tomonidan qabul qilib olindi, deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati.
Oʻzbekiston va Turkiya hukumatlari oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasida grant yordamiga oid imzolangan bitim asosida olib kelingan “Sinovak” vaksinasi mamlakatimizga keltirilgan oltinchi vaksinadir.
Shunday qilib, yurtimizga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 673 528 dozani tashkil qilmoqda.