Qorako‘l tumanidagi Regi Haydar mahallasida yashovchi 101 yoshli Hamdam ota Hamroyev hamda Xo‘jakonlik 105 yoshli Tangriyev To‘ra bobolar tegishli uchastka saylov komissiyalari a’zolari ishtirokida o‘z uylarida ovoz berdilar.
– Hukumatimizning biz keksalarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rligidan juda mamnunmiz, – deydi To‘ra bobo. Bugungi saylovda ham yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, nevarayu chevaralarimizning baxtiyor kelajagi uchun ovoz berdim. Ilohim yurtimiz tinch,dasturxonimiz to‘kin bo‘lsin
Gulichehra DURDIYEVA,
"Yangi O‘zekiston" muxbiri











