⠀“Oldimizda turgan muhim vazifalardan biri, siz o'zingizni namoyon qilishingiz uchun zarur sharoitlarni yaratib berish. O'qishda, ishda, ijodda, sportda, ijtimoiy faoliyatda o'zingizni topa olishingizni istaymiz. Qobiliyatingiz, qiziqishlaringizni yuzaga chiqarishda hech qanday to'siq bo'lmasin, deymiz”, — dedi Ziroat Mirziyoyeva o'quvchilar bilan uchrashuvda.
⠀
“Muhim vazifalarimizdan biri – inklyuziv jamiyatni yaratish. Siz oʻz mahoratingizni oshirib, sifatli taʼlim olishingiz va toʻsiqlarsiz jamiyatga yanada moslashishingizni istaymiz”, – dedi Ziroat Mirziyoyeva o’quvchilar bilan uchrashuvda.
⠀
Ziroat Mahmudovna har bir bola ta’lim olishda teng huquqli bo‘lishi, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
⠀
“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida maktablarga zamonaviy FM tizimlarini sovg‘a qildi. Umuman olganda, joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida joylashgan 8 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda ana shunday jihozlar o’rnatiladi. 2022-yil oxirigacha Respublika bo’ylab barcha 18 ta maktablar to‘liq jihozlanishi kutilmoqda. Shu bilan bir qatorda o‘quv jarayonida jihozlardan foydalanish bo‘yicha ham o’qituvchilar uchun xorijlik mutaxassislar tomonidan maxsus treninglar o‘tkazilmoqda.
⠀
FM-tizim kerakli tovushlarni bevosita o‘quvchining eshitish apparatlariga uzatayotgani tufayli bolalar o‘qituvchining gapini eshitadilar va nutqni sinfda ham, shaxsiy darslarda ham rivojlantiradilar.
⠀
Samaradorlikni ta’minlash maqsadida “Zamin” fondi ko‘magida ixtisoslashtirilgan maktablarning 2 ming nafar o‘quvchisiga 2 donadan zamonaviy eshitish apparati bepul topshirilmoqda. Shu bilan birga, bir guruh mutaxassislar bolalarning eshitish qobiliyatini diagnostika qilish va eshitish vositalarini individual sozlashni amalga oshirmoqda.
“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun maktab-internatlarni yordamchi jihozlar bilan ta’minlash ishlarini davom ettirmoqda
“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Zarbdor tumanidagi 1 va 2-sonli maktablarda bo‘ldi.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini sarhisob qildilar
- Yaponiya aholisi bir yil ichida deyarli bir million nafarga kamaydi
- Yashil hududlarni kengaytirishga hissa qo‘shganlarga "Ekohamkor" maqomini berish ko‘zda tutilmoqda
- Oʻzbekiston Prezidenti I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi
- Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi
- Oʻzbekiston – Qirgʻiziston koʻp qirrali hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
- Pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlandi
- Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Ollohshukur Gummat o‘g‘li Poshozodani O‘zbekiston Respublikasining “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Mahalla odamlar uchun ishonch, tayanch va imkoniyatlar markaziga aylanishi zarur