Muloqotda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari Shuhratjon Toʻxtaboyev agentlikning asosiy vazifalari, malakali va yuqori malakali mutaxassislarni aniqlash, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish boʻyicha tizimli ishlar olib borilayotgani, istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilish tartibi toʻgʻrisida yigʻilganlarga tushunchalar berib oʻtdi.
Viloyat hokimining maslahatchisi, viloyat xalq taʼlim boshqarmasi boshligʻi Rustamjon Isroilov bugungi kunda viloyatda xalq taʼlim sohasida kechayotgan oʻzgarishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan soʻzga chiqdi.
Soʻngra yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan rahbarlarga ogʻzaki murojaat yoʻllashdi va atroflicha javoblar olishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida Namangan viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasida viloyat turizm salohiyatiga bagʻishlangan “Eng yaxshi rolik”, “Eng yaxshi selfi”, “Turizmni rivojlantirish boʻyicha eng yaxshi taklif” koʻrik-tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi. Yigit-qizlar tayyorlagan videoroliklar namoyishidan keyin tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi.