Zeppelin International AG korxonasi rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Sanoat 20 Yanvar 2023 1158

    Joriy yil 19-yanvarda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Zeppelin International AG” korxonasi boshqaruvi raisi Frank Yanas bilan muzokaralar oʻtkazdi.

    Maʼlumot uchun: “Zeppelin International AG” korxonasi 1950-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda u dunyoning 43 davlatida faoliyat yuritadi, yillik savdo aylanmasi 3,7 milliard yevroni tashkil etadi. Korxona aterpillar rusumli texnika vositalarining Oʻzbekistondagi rasmiy eksklyuziv dileri hisoblanadi. 2022-yil may oyida Toshkentda yirik tugunli usulda avtomobil yigʻish boʻyicha aterpillar zavodi ishga tushirildi.

    Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonda aterpillar uskunalari butlovchi qismlarni taʼmirlash va tiklash Markazini tashkil etish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.

    Muzokaralar yakunida uning ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi navbatdagi tadbirlarni hamda qisqa va oʻrta muddatli istiqbolda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni belgilab oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.