Jumladan, quduqlarda kapital taʼmirlash ishlarini bajarish barobarida, yangi quduqlar burgʻilanib, tugatilgan quduqlar majmuasida turganlari esa qayta taʼmirlanib ishga qoʻshilyapti.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Zevarda” gaz kondensat konidagi 324-sonli quduqda olib borilgan burgʻilash ishlari ham muvaffaqiyatli yakunlandi. Quduqda burgʻilash ishlari tugatilib, 2 781–2 570 metr oraligʻiga filtr - xvostovik tushirildi. Burgʻilash ishlari «Oʻzbekneftgaz burgʻilash ishlari» MCHJ tomonidan olib borildi.

Quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng, kunlik 88 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 2 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun: “Zevarda” koni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan boʻlib, 1979-yildan buyon ishlatilib kelinyapti.