Bundan avval ushbu korxonada tayyorlangan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 458 820 dozasi emlash uchun topshirilgan edi.
Endi esa korxona tomonidan ZF-UZ-VAC2001 ning 1 219 510 dozalik ikkinchi partiyasi ham Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkazib berildi.
Shunday qilib, yurtimizga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 29 893 038 dozani tashkil qiladi.
Ulardan:
- 1 594 480 dozasi AstraZeneca,
- 23 177 998 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 720 500 dozasi “Sputnik V”,
- 3 000 060 dozasi Moderna,
- 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech,
- 200 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.
Shundan 22 956 058 dozasi emlash jarayonlarida qoʻllanilgan boʻlib, 5 328 121 nafar aholi koronavirusga qarshi barcha bosqichlarda toʻliq emlandi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.