Zilzilaga dosh bermaydigan yotoqxona qurilishi toʻxtatib qolindi

    Mamlakatimizda 29 May 2023 1131

    Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika universitetining yangi 2500 oʻrinli binosini qurish obyektida monitoring ishlari oʻtkazdi.

    “Bogʻishamol”MFY hududida buyurtmachi “Yagona buyurtmachi xizmati”IK tomonidan qurilayotgan mazkur obyektda zilzilaviy hududlarda qurilish talablariga rioya qilinmagani aniqlandi.

    Aniqlanishicha, Loyiha poydevori qismida bajarilgan beton ishlari laboratoriya xulosasiga koʻra, talablarga mos kelmaydi va beton quyish ishlari esa sifatsiz bajarilgan.

    Qoidabuzarliklar yuzasidan masʼul shaxslarga inspeksiya tomonidan yozma koʻrsatma berildi hamda sifatsiz bajarilgan beton ishlari joyida demontaj qildirildi.