Yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iborat boʻlib, davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambagʻallikni qisqartirish, aholini yangi ish oʻrinlari va kafolatli daromad manbai, munosib yashash sharoitlari bilan taʼminlash sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish belgilab qoʻyildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bogʻi”ni tashkil etish uchun oʻtkazilgan umumrespublika marafonida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fan-taʼlim va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati hamda filial jamoasi faol ishtirok etishdi.
Shuningdek, daraxt ekish marafoni boʻyicha markaziy studiyaga Toshkent tibbiyot akademiyasi masʼullari ulangan holda tadbirda onlayn ishtirok etishdi hamda belgilangan hududga mevali va manzarali koʻchatlar ekildi.