Joriy yilning 25-29-may kunlari Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida joylashgan “Zomin” bolalar oromgohida paralimpiya sportchilari hamda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan yoshlar uchun “Matonat oromgohi” tashkil etildi.
Kecha, 25-may kuni mamlakatimizning turli xududlaridan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan yoshlar oromgohda katta tantana bilan kutib olindi.