Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Jizzax viloyati Zomin tumani “Laylak uya” massivi hududida joylashgan Zomin aerodromida 30 oʻringa moʻljallangan yoʻlovchi terminalini qurish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.
60 gektar yer maydoni ajratilgan mazkur obyektda jami 200 dan ziyod ishchi xodimlar samarali mehnat qilishmoqda.
Bugun mazkur aerodromga Toshkentdan ilk samolyot parvozi amalga oshirildi.