Bu kampaniya ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari saʼy-harakatlarini birlashtirishga chorlaydi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu muhim tashabbusni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻz logotipini olov rangga oʻzgartirdi. Bu rang umid, yorugʻlik va zoʻravonliksiz kelajak ramzidir.
Agentlik barchani ushbu aksiyani qoʻllab-quvvatlash, muammoga eʼtibor qaratish va birdamlikni namoyish etishga chorlaydi.
Birgalikda biz dunyoni xavfsizroq qila olamiz. Zero, zoʻravonlik hech qachon oqlanmaydi.
Eslatib oʻtamiz, 25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni.