Qarorga koʻra, 2023-yil 1-sentyabrdan respublikaning barcha 16 ta “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus oʻquv ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. 

Maqsad koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, ularni kasb-hunarga oʻrgatish hamda kasb egallashiga koʻmaklashish, ijtimoiy hayotga tayyorlab borishdan iborat. 

Eslatib oʻtamiz, oʻquv ishlab chiqarish korxonasi bunga qadar Andijon viloyatining 16-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan.