”Chirchiq shahrida uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayapti. “Otkat” olyapti, “shapka” olyapti, ikkita odam boshqaryapti. Sizlar buni ochgilaring kelmayapti, viloyatdan turib ochib berishimizni kutyapsizlar. Odamlarda Chirchiqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyni sotib olish mumkin, degan ishonch yo‘qolgan. Qurilish tashkilotiga mana bu domni bitkazdingmi, degan so‘rov yo‘q. Janob hokim meni 85-90 foizi tayyor deb, bir uyga olib kirdi, 50 foiz ham tayyor emas ekan. Beshinchi qavatga chiqqanidan so‘ng janob Hidoyatovning tili kalimaga kelmay qoldi. Aldolmadi o‘zi ham. Beshinchi qavatga o‘zi ham birinchi marta chiqib turgani sezilib qoldi, deydi Zoir Mirzayev.

Viloyat hokimi Chirchiq shahri “to‘rtligi” — hokim, prokuror, IIB va Soliq inspeksiyasi rahbarlari faoliyati qoniqarsizligini aytdi.

Chirchiq shahrining to‘rtta sektor rahbaridan umuman noroziman. Hammasiniki "la-la-la-la", balo ham yo‘q. O‘sha yerda yotishi kerak to‘rtta sektor, janob Mahmudov, dedi viloyat hokimi.

Z.Mirzayev mazkur muammolar sabab o‘rinbosarini ham tanqid qildi.