Ushbu kinojurnalda bolalarning maktabdagi, xonadondagi, bog'cha va boshqa atrof-muhitdagi yuz beradigan kulgili voqealari, sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. “Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnali 2-sonidan “Mushukcha”, “Instagram”, “Men direktor bo'lsam...”, “Qushlar shaydosi” nomli fil`mlar o'rin olgan.

Hozirda ijodkorlar tomonidan “Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnali 2-sonidan o'rin olgan “Men direktor bo'lsam...” fil`mi Toshkent shahar CHilonzor tumanida suratga olinmoqda. 

Fil`mning badiiy rahbari O'zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa'diev, postanovkachi rejissyor Botir Abdurahmonov, stsenariy muallifi A'zam Ishoqov, postanovkachi operator Sardor Anvarov, ikkinchi rejissyor Nodira Zufarova, rassom Bektosh Rajabov, grimyor SHeroza Xojieva.