1 oyda qaror chiqmasa — jarima toʻlanmaydi
Endilikda qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oyda qarori chiqmasa, haydovchi hech qanday jarima toʻlamasligi belgilandi.
Endilikda qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oyda qarori chiqmasa, haydovchi hech qanday jarima toʻlamasligi belgilandi.
Qarama-qarshi harakatlanish, chiroqning qizil rangida oʻtish bir oy ichida 2-marta sodir etilsa yoki tezlik 5-marta oshirilsa – 1-yilgacha jarimadan chegirma berilmaydi.
Endilikda Hukumat qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatdan tashqari rahbarlarning xizmat mashinasiga yoʻllarda ustunlik berilmasligi belgilandi.
Ushbu tizimga Toshkent shahridagi 700 dan ziyod chorraha va ulardagi barcha svetofor, foto va videokuzatuv moslamalari ulanadi.
Bu imtiyoz mikroavtobuslarga ham joriy qilinadi.
Toshkent xalqa yoʻligacha kelayotgan 20 ta avtobus yoʻnalishi 15-20 kilometrga uzaytiriladi, yana yangi 6 ta marshrut qoʻshiladi. Bu Toshkent viloyati aholisi uchun katta qulaylik...
Toshkent shahri va viloyatlararo qatnov boʻyicha alohida yondashuv boʻladi.
1-oktyabrga qadar Toshkent – Samarqand – Termiz, Toshkent – vodiy, Samarqand – Buxoro yoʻnalishidagi xalqaro yoʻllarning xavfsizlik talablariga mosligi oʻrganiladi.
Eng muammoli uchastkalarni aholi va jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida aniqlash maqsadida alohida elektron portalni ishga tushirish topshirildi.
Har bir viloyatda jamgʻarmaning alohida filiallari boʻladi.
1 ming 557 kilometr yoʻllarda beton va temir toʻsiqlar, 967 kilometr trotuar, 38 mingta yoʻl belgisi yetishmasligi aniqlandi.
«Afsuski, har toʻrtinchi avariyada 1 kishi yoki kuniga oʻrtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak», — dedi Prezident.