Uzum yetishtirish hajmi 2,7 foizga oshgan. Eng ko‘p hosil Surxondaryo viloyatida olingan
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 50 ming tonna uzum yetishtirilgan.