Oʻzbekistonda qurilish sanoati korxonalarining eksport salohiyatini oshirish va eksport hajmini 1,5 mlrd AQSH dollariga yetkazish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
2025-yil 1-dekabrdan zilzilalar kuchini koʻrsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalashtirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Qoʻngʻirot tumanidagi “Barsakelmes” tuz koni hududida chegaralarda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasi tashkil etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida davlat muassasasi shaklida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi direksiyasi, shuningdek, Xoʻjayli tumanida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi tashkil etiladi.
Kam uchraydigan va irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etiladi. Prezident qaroriga muvofiq, ular uchun tibbiy va ijtimoiy yordamni kengaytirish boʻyicha 2026–2030-yillarga moʻljallangan dastur tasdiqlandi.
Prezident qarori (328-son, 03.11.2025-y.) bilan “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–61 son qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Prezidentning “Sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–320-son, 30.10.2025-y.) qabul qilindi.