O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Prezidentning “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini taʼminlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–236-son, 01.12.2025-y.) qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Shaxsiy ehtiyoj uchun Oʻzbekistonga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari toʻliq qayta koʻrib chiqiladi.
Energetika vazirligi bir hafta muddatda Toshkent shahri va unga tutash boʻlgan hududlardagi barcha issiqxona obyektlariga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzilishini tashkil etadi va uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berilishini taʼminlaydi.
Atmosfera havosining RM 2.5 zarralari bilan ifloslanish manbalarini aniqlash uchun Ekologiya qoʻmitasi huzurida Atmosfera havosini chuqur oʻrganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil qilinadi.
Toshkentda maydoni 1 000 kvadrat metrdan koʻp boʻlgan qurilish uchastkalarida fon monitoring stansiyalarini oʻrnatish va uni Ekologiya qoʻmitasiga integratsiya qilish qurilishni davom ettirishning eng asosiy sharti etib belgilanadi.
2026-yildan qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari mahsulot yetishtirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanganda ishlab chiqariladigan mahsulotning yoʻqotilishi xavfini oldindan sugʻurta qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.