“Nakurt” mahalla fuqarolar yigʻinining Qoʻshilish qishlogʻi Payariq tumani markazidan 70 kilometr uzoqda joylashgan. Yam-yashil kengliklar, purviqor togʻlar bagʻridagi qishloqning asosiy yoʻli soy yoqalab oʻtadi. Yolgʻizoyoq yoʻlning ikki tomonida mevali va manzarali daraxtlar boʻy choʻzgan. Uzoqdan oqarib turgan moʻjazgina bino koʻzga tashlanadi.
"Mehrli maktab"ga tashrif chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolalar bilan samimiy suhbatlashib, pedagoglar va ota-onalarga dalda so‘zlarini izhor etdi.