Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin

    9-dekabr kuni yurtimiz boʻylab kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 9-dekabr kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8, kunduzi 0-2 daraja sovuq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.

    Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.

    Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoldan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 5-10 daraja sovuq boʻladi.

    Muhim hodisalar

    Joriy yilning 8-11-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi. Havo harorati kechalari 5-10, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda kechasi 8-13, kunduzi 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi, ayrim joylarida qor yogʻadi.

    Baʼzi tumanlarda esa shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.