Qayd etilishicha, shu yilning 4-may kuni Navoiy viloyatining Karmana tumani “Farhod“ mahallasi yoshlar yetakchisi Ulugʻbek Oblaqulov va ushbu tumanning “Bahrom“ mahallasi yoshlar yetakchisi Muhriddin Bahronovlar avtohalokatga uchrashi oqibatida vafot etdi.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev marhumlarning oila-aʼzolariga taʼziya bildirib, ularning ota-onasi va yaqinlariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilishini aytgan.