Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kiritilgan.

Har yili 2 000 nafargacha talaba yoshlarga BHMning 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi.

Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

Ariza beruvchi quyidagi xujjatlarni ilova qiladi:

xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;

  • ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, ushbu mablagʻlarni qaytarish majburiyatini oʻz zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning soʻnggi 12 oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot va qarz shartnomasi boʻyicha kafil boʻlishga rozilik arizasi — agar mavjud boʻlsa;
  • viza.

Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan soʻng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.

1 kalendar yil davomida 2 000 nafar ariza beruvchiga ssuda ajratish maʼqullangandan soʻng ariza qabul qilish toʻxtatiladi.

Ssuda ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi boʻyicha ssuda ajratilgan ariza beruvchilardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun roʻyxatga qoʻyilmaydi hamda kelgusi yilda qaytadan murojaat qiladi.

Maʼlumot uchun: ssuda bu — qaytarish sharti bilan ajratiladigan foizsiz qarz.