Rim-katolik cherkoviga rahbar saylash uchun Vatikanda konklavga toʻplangan kardinallar yangi Rim papasi kim boʻlishiga kelishib oldi. Robert Prevo tarixdagi birinchi amerikalik pontifikka aylandi.
Yangi Rim papasi etib Avgustin ordeni aʼzosi, 69 yoshli amerika-perulik kardinal Robert Prevo saylandi. Rim-katolik cherkovi tarixidagi birinchi amerikalik pontifik Lev XIV nomi bilan boshqaradi.
Robert Prevo Illinoys shtatining Chikago shahrida tugʻilgan, biroq xizmatining koʻp qismini Peruda missioner sifatida oʻtkazgan va yaqinda Vatikandagi vazirlik vazifasini bajaruvchi dikasteriyaga rahbarlik qilgan. Uning papa Fransisk islohotlarini davom ettirishi kutilmoqda.