Qayd etilishicha, shu yilning 23-may kuni 21:15 larda Olot tumani “Jayxunobod“ MFYda joylashgan “Siroj serviz“ MCHJga qarashli propan gaz quyish shoxobchasi hududida “KAMAZ“ rusumli avtomobiliga gaz quyish vaqtida chaqnash sodir boʻlib, oqibatda yongʻin kelib chiqgan. Voqea joyiga 2 ta yongʻin qutqaruv avtoekipajlari jalb qilinib, soat 21:19da yetib borgan. Shuningdek, soat 21:40da batamom oʻchirilgan.
Dastlabki maʼlumotga koʻra, yongʻin oqibatida hech qanday portlash sodir boʻlmagan. Yongʻin oʻchirishga harakat qilgan fuqarolarning tan jarohati olish holatlari qayd etilgan. Hozirda ahvoli yaxshi boʻlib shifokorlar nazoratida.
Yongʻinni kelib chiqish sababi yoqilgʻi quyish vaqtida texnologik jarayonni buzilishidan deb taxmin qilinmoqda.









