«Vatanga qaytarish« xayriya aksiyasiga start berildi

    Aksiya doirasida xorij davlatlarida ogʻir sharoitda qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish va ularni samarali reintegratsiya qilish maqsad qilingan.

    Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda joriy yil 30-iyuldan 30-avgustgacha «Vatanga qaytarish« nomli xayriya aksiyasi oʻtkaziladi.

    Aksiya doirasida xorij davlatlarida ogʻir sharoitda qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish va ularni samarali reintegratsiya qilish maqsad qilingan.

    Murojaat uchun: Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari va Oʻzbekistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari, @huquqiy_yordam_uzbot yoki 12-82 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.