Ispaniya sohillarida 2500 yillik Finikiya kemasi topildi

    Janubi-sharqiy Mursiya mintaqasida ispaniyalik suv osti arxeologlari tomonidan cho'kib ketgan Finikiya kemasi topildi. Kemaning yoshi 2500 yil deb baholandi.

    Ikki ming yildan ko'proq vaqt davomida qadimgi kema cho'kindi qatlami ostida qolib ketgan edi.

    Taxminan sakkiz metr uzunlikdagi kema topilgan hudud sharafiga u “Mazarron II” deb nomlandi.

    Kema Mazarrondagi ispan sohilidan 60 metr uzoqlikda joylashgan. Tadqiqotchilarning fikricha, u juda yaxshi saqlangan. Ammo u kuchli oqimlarga ta'sir ko'rsatgan joyda joylashgan. Shuning uchun “Mazarron II”ni yer yuzasiga olib chiqish imkoniyati ko'rib chiqilmoqda.

    Tarixchilarning fikricha, kema miloddan avvalgi 580-yillarda yasalgan. Uni o'rganish sharqiy O'rtayer dengizidagi mamlakatlarni qamrab olgan tarixiy hudud bo'lmish Levantning qurilish texnologiyalarini, shuningdek, finikiyaliklarning savdo amaliyotini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, deb xabar beradi mir24.tv.