Taʼkidlanishicha, shanba va yakshanba kunlari respublika boʻyicha havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati koʻtarila boshlaydi, ammo hududlarning katta qismida iyul oyi uchun +33…+38 daraja boʻlgan maqbul qiymatlar saqlanib turadi, faqat eng chekka janubda +39…+41 daraja atrofida boʻladi.
Ayrim togʻoldi va togʻli hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Poytaxtda 7-iyul kuni havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol tezligi 10−12 m/s gacha kuchayadi. Harorat +31…+33 daraja boʻladi.
Shanba va yakshanba kunlari havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat +34…+37 daraja boʻladi.