Oʻzbekiston avtomobil bozorida faollikning pasayishi kuzatilmoqda

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari mart oyi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston avtomobil bozorini sarhisob qildi.

    Ketma-ket uchinchi oydirki, avtomobil bozorida faollikning pasayishi kuzatilmoqda. Faqat yengil elektromobillar segmentida biroz oʻsish qayd etildi.

    Mart oyi yakunlariga koʻra, mamlakatda avtotransport vositalarining umumiy savdosi deyarli 109 ming donani tashkil etdi. Umuman olganda, avtomobil bozori oy davomida 5,8%ga kamaydi.

    Mart oyida 96,5 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu oʻtgan oyga nisbatan 12,1%ga kam.

    Hududlar boʻyicha Surxondaryo, Fargʻona va Navoiy viloyatlarida yengil avtomobillar bozorida savdo hajmining eng katta pasayish qayd etildi.

    2024-yilning I choragi yakunlariga koʻra, yengil avtomobillar savdosi 3,2%ga qisqarib, 334,3 mingta avtomobilni tashkil etdi.

    Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

    Birlamchi yengil avtomobillar bozorida pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Oy davomida sotuvlar 16,7%ga kamaygan holda 24 mingdan ortiq avtomobilni tashkil etdi. Oʻtgan yilga nisbatan avtomobil bozorining ushbu segmenti 0,2%ga pasaydi.

    Shu bilan birga, oy davomida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 19,54 mingta yengil avtomobillari sotildi, bu oʻtgan yilning mart oyiga nisbatan 17,2%ga kam.

    Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar segmenti

    Oy davomida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil bozori savdosi 13,7%ga pasaydi. Mart oyida jami 2,3 mingta xorijiy avtomobillar sotilgan. Oʻtgan yilning mart oyiga nisbatan sotuvlar 20%ga kamaydi.

    Yengil avtomobillar ikkilamchi bozori

    Ikkilamchi bozorda sotuvlar 10,6%ga kamaydi. Mart oyida jami 74,6 mingta haydalgan yengil avtomobillar sotilgan. Yillik koʻrsatkichlarda 16%ga sezilarli pasayish kuzatildi.

    Elektromobillar bozoridagi vaziyat

    Elektromobillar bozori moʻtadillasha boshladi. Shunday qilib, mart oyida yengil elektromobillar savdosi atigi 0,1%ga oshdi.

    Biroq, yillik hisobda sotuvlar 2,4 barobar oshgan.

    2024-yilning I choragi yakunlariga koʻra, savdo hajmi ham 3,7 barobarga koʻpayib, 8 mingta avtomobildan oshdi.