Hisobot davrida 151 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilib, 11 270 ta yangi xonadon aholiga taqdim etildi.

Shuningdek, 7 ta ijtimoiy obyekt, jumladan 3 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti va 4 ta boshqa ijtimoiy obyekt ishga tushirildi.

Bugungi bunyodkorlik ertangi qulay hayot uchun xizmat qilmoqda. Yangi uy-joylar va ijtimoiy obyektlar sonining ortib borayotganida Toshkentning zamonaviy, qulay va yashash uchun yanada jozibador megapolis sifatida izchil rivojlanayotganini ko'rish mumkin.