Bu Pokiston, Bangladesh va Nigeriyaning yillik elektr energiyasi iste’molidan deyarli uch baravar ko‘p.

Ammo energiyadan tashqari, sun’iy intellektni rivojlantirish ham suv bilan bog‘liq. Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ushbu o‘n yillikning oxiriga kelib, sun’iy intellekt uchun 1,3 milliard kishi iste’moliga teng miqdorda suv talab etiladi.

Olimlar sun’iy intellektning atrof-muhitga ta’siri kam baholanayotganini ta’kidlashdi. Uning ishlashi bilan bog‘liq issiqxona gazlari chiqindilari tahlil qilinsa-da, boshqa ekologik xarajatlar hisobga olinmagan.

Shu bilan birga, ba’zi “yashil” yechimlar vaziyatni yomonlashtirishi mumkin. Muayyan qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish uglerod chiqindilarini kamaytiradi, ammo suv iste’moli va yerdan foydalanishni sezilarli darajada oshiradi.

Mutaxassislar ba’zi mamlakatlarda sun’iy intellekt inshootlarini kengaytirish, ba’zan qurg‘oqchilik sharoitida, suv ta’minoti uchun katta xarajatlarni keltirib chiqarishi haqida ogohlantirdi. Ular “mas’uliyatli sun’iy intellekt ekotizimi”ni yaratishga chaqirishdi. Universitet veb-saytiga ko‘ra, hukumatlarga energiya, suv va yerdan foydalanishni rejalashtirishda sun’iy intellekt infratuzilmasini ko‘rib chiqish, kompaniyalarga esa resurslar sarfini minimallashtiradigan tizimlarni ishlab chiqish tavsiya qilindi, deb xabar berdi mir24.tv.