Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tumani bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. ushbu vositalarni fuqaro I.A.ga sotayotgan vaqtda ashyoiy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276⁶-moddasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.