Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “M.O.” fermer xo‘jaligi rahbari F.S. “Yangi Hayot” MFY hududidagi va “T.A.” dehqon xo‘jaligi rahbari T.A. “Xos” MFY hududidagi yer maydonlarida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Nurafshon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.Y.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar 37 ta ko‘p qavatli uylardagi lift, nasos va yoritgichlarni elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Piskent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro I.K. “Zominovul” MFY hududidagi yer maydonida suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, 425,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda
fuqarolar X.Sh. va A.A. To‘raqo‘rg‘on tumani, “Yandama” MFY hududidagi dala shiyponida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 282,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Nurota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda
fuqaro D.T. “Yangihayot” MFY hududidagi xonadonida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 143,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.