Koʻrik davomida ushbu shaxs oyoqlarining son qismiga 63 dona oʻramlarni skotchlab, olib oʻtishga uringani maʼlum boʻldi. Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu zip paketchalar hamda qora, koʻk va sariq rangli oʻramlardagi ushbu moddalar 127 gr. ogʻirlikdagi α-PVP sintetik narkotik moddasi ekanligi aniqlandi.

Inson ruhiyati va markaziy asab tizimiga kuchli taʼsir koʻrsatuvchi mazkur modda salomatlik uchun jiddiy xavf tugʻdiradi. 

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan va 21 yoshli narkokuryer endi umrining eng gullagan yoshlik davrini panjara ortida oʻtkazishga majbur.