Holat Andijon viloyati Bojxona boshqarmasining «Do‘stlik» chegara bojxona postida aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan 51 yoshli fuqaro 35,6 ming AQSh dollarini boshidagi do‘ppisi ichiga yashirgan holda olib chiqishga uringan. Bojxona nazorati davomida mazkur qonunbuzarlik fosh etilgan.
Fuqaro bojxona deklaratsiyasida ham, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘roviga ham ushbu naqd xorijiy valyutani ma’lum qilmagan. Shu bois pul mablag‘lari protsessual tartibda olib qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga muvofiq, O‘zbekistondan rezidentlar 100 million so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqishlari mumkin.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.