Bu haqda mahalliy Fars axborot agentligi viloyat rahbariyatiga tayanib xabar berdi.
“Dushanba kuni kechqurun AQSh qo‘shinlarining hujumi va Mahshehr hududidagi qishloq xo‘jaligi nasos stansiyasiga snaryad tushishi oqibatida ushbu majmua qo‘riqchisi halok bo‘ldi va yana to‘rt kishi yaralandi”, deyiladi nashrda.
Yaradorlar shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli haqida xabar berilmagan.
Shahreston Mahshehr Fors ko‘rfazi sohilida joylashgan va viloyatning neft-kimyo sanoati markazi hisoblanadi, deb xabar berdi report.az.