Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.K.” MChJga qarashli ko‘mir ombori menejeri X.M. o‘ziga ishonib topshirilgan va moddiy javobgarligida bo‘lgan xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 1 658,53 tonna ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilib, “J.K.” MChJ manfaatlariga 1,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.